Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Sardobada “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi


Sardoba tuman adliya bo‘limida 10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun hamda 8-dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda tumandagi 6-sonli umum o‘rta ta’lim maktabining o‘quvchi yoshlari ishtirok etdi. Ular Adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi hamda Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarining kundalik faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Shuningdek, o‘quvchilarga aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari tizimi hamda aholining huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.