Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Sirdaryo tumanida “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili keng targ‘ib qilinmoqda


Sirdaryo tumani davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-noyabrdagi PF-214-son Farmoni hamda unda belgilangan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyilining mazmun-mohiyati aholi va tadbirkorlar o‘rtasida keng tushuntirilmoqda.

O‘tkazilayotgan suhbat va targ‘ibot tadbirlarida mazkur tamoyilning tadbirkorlar uchun yaratgan katta imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda. Xususan, biznes subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarida ortiqcha byurokratik tartib-taomillar qisqartirilgani, hujjatlarni rasmiylashtirish soddalashtirilgani hamda xizmatlarning tezkorligi ta’minlanganiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.