Янгиликлар
11
Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan 6-umumta’lim maktabida “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” aksiyasi doirasida adliya sayli o‘tkazildi
Tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchi-yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ularni o‘z huquq va majburiyatlarini to‘g‘ri anglashga undashdan iborat bo‘ldi.
Aksiya doirasida huquqiy maslahat burchaklari tashkil etildi.
Tadbirning ikkinchi qismi maktab faollar zalida davom ettirildi. Unda adliya mas’ullari tomonidan bolalar va yoshlar uchun mavjud huquqiy kafolatlar, huquqlarni himoya qilishning amaldagi mexanizmlari, shuningdek, internet xavfsizligi, zo‘ravonlikning oldini olish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ehtiyot choralariga oid amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida huquqiy test, viktorina va ochiq muhokamalar tashkil qilinib, ularning faolligi yanada oshirildi. Yakunda eng faol ishtirokchilarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.