Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Harbiy xizmatchilarning huquqiy savodxonligi oshirildi


Mirzaobod tuman adliya bo‘limi tomonidan Mirzaobod tumanida joylashgan 532-SCHR Batalyonida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Davlat madhiyasi mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, tadbirda “Biznes yuritishni hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirishga doir navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-214-sonli hamda “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-246-sonli farmonlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Muloqot davomida korrupsiyaning oldini olish maqsadida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham so‘z yuritildi. Harbiy xizmatchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirishlar oldi.