Янгиликлар
12
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida navbatdagi “Ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi
Unda adliya boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i Aziz Mavlonov “Madhiyamiz – faxrimiz, g‘ururimiz” mavzusida ma’ruza qilib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining qabul qilinishi, uning tarixiy ahamiyati hamda yurt suverenitetining muqaddas ramzi sifatidagi o‘rni yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, tadbirda Ipoteka bank Sirdaryo viloyat filiali mutaxassislari ishtirok etib, aholiga ko‘rsatilayotgan zamonaviy bank xizmatlari, raqamli imkoniyatlar va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha tushunchalar berishdi.
Muloqot davomida Prezidentning PF-214-son Farmoni va “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Yakunda xodimlarga siyosiy-ma’rifat soati doirasida tayyorlangan 45-son videorolik namoyish etildi.