Янгиликлар
12
81 yoshli Anna Sarayeva nihoyat tug‘ilganlik guvohnomasiga ega bo‘ldi
Guliston shahrida yashovchi 81 yoshli Anna Sarayeva uzoq yillar davomida tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini yo‘qotib qo‘ygani sababli ko‘plab hujjatlarni rasmiylashtirishda qiyinchiliklarga duch kelib kelgan.
U aslida 1944-yil 19-sentabr kuni Rossiya Federatsiyasi Orenburg viloyatining Kurmanayev tumanida tug‘ilgan. Shuning uchun Guliston shahar FHDY bo‘limi uning masalasini o‘rganib, Rossiyadagi tegishli FHDY bo‘limiga rasmiy so‘rov yubordi.
O‘tkazilgan hamkorlik natijasida Anna Sarayevaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi qayta tiklandi.
Hujjat uning yoshi inobatga olinib, sayyor tartibda topshirildi.