Янгиликлар
12
BOLALAR VA YOSHLAR HUQUQLARI QONUN HIMOYASIDA
Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish — davlatning ustuvor vazifalaridan biridir.
Shu maqsadda, Sayxunobod tuman adliya bo‘limi tomonidan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida tuman Ixtisoslashtirilgan maktabida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, uning yoshlar huquqlarini ta’minlashdagi o‘rni hamda yoshlar uchun qonunchilikda belgilangan huquq va imtiyozlar batafsil tushuntirildi.
Muloqotda ta’limga bo‘lgan huquq, sog‘liqni saqlash, mehnatga tayyorlash kabi asosiy jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.