Янгиликлар
12
“Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
Mirzaobod tuman adliya bo‘limida “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir doirasida 35-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quvchi-yoshlari Adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi va FHDY bo‘limlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Jarayonda ushbu bo‘limlarning vazifalari, ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda amaldagi huquqiy tartibotlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan fuqarolar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, elektron davlat xizmatlarining joriy etilishi, navbat kutish vaqtining qisqartirilishi va murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish tizimi yoshlarda katta taassurot qoldirdi.