Янгиликлар
12
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Markaziy bank Sirdaryo viloyat boshqarmasida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
Unda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari D. Umurzoqova va Q. Ahmadjonov ishtirok etib, Konstitutsiyaning tamoyillari, inson huquq va erkinliklarini kafolatlashdagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumot berdi.
Tadbir davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolar huquqiy madaniyatini oshirish borasidagi ishlar haqida ham to‘xtalib o‘tildi. Ayniqsa, Konstitutsiyaning har bir moddasi fuqarolar uchun qanday imkoniyatlar yaratishi, jamiyat taraqqiyotida o‘z o‘rniga ega ekanligi alohida ta’kidlandi.
Yakunda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi hamda Konstitutsiya normalarini hayotga tadbiq etishning ahamiyati bo‘yicha fikr almashildi.