Янгиликлар
16
Jamoatchilik kengashi a’zolari Sirdaryoda
Adliya vazirligi faxriylar kengashi, vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari hamda "Madad" NNT vakillari Sirdaryo viloyatida bo‘lib, Guliston shahar davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Safar davomida markazda aholi va tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat ko‘rsatish jarayonlarining qulayligi hamda ochiqlik tamoyillariga amal qilinishi o‘rganildi.
Kengash a’zolari fuqarolar bilan bevosita muloqot qilib, markaz faoliyati, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va tezkorligi yuzasidan aholining fikr-mulohazalari bilan qiziqdilar.
Jarayonda FHDY bo‘limidagi sharoitlar, FHDY va Notarial arxivlarda hujjatlarni saqlanish holati ham ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslardan kelgan murojaatlarga berilgan javoblar sifati tahlil qilinib, ayrim taklif va mulohazalar bildirildi hamda xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.