Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi


Unda Adliya vazirligi faxriylar kengashi, vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida faxriylar o‘z hayot yo‘li,  kasbiy tajribasi, adliya tizimida xizmat qilishning sharafi va mas’uliyati haqida yosh xodimlar bilan samimiy suhbat olib bordilar. Uchrashuv ochiq muloqot ruhida kechib, unda adliya tizimiga xos qadriyatlar, yoshlarning kasbiy va ma’naviy kamolotini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot davomida yosh xodimlar ustozlarning hayotiy va kasbiy maslahatlaridan ilhom olib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Tadbirda yoshlarning faolligi ham alohida e’tirof etildi va faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi.

Uchrashuv yoshlar uchun katta hayotiy saboq, faxriylar uchun esa o‘z tajribalarini baham ko‘rish imkoniyati bo‘lib, adliya qadriyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.