Янгиликлар
12
“Ochiq muloqot” o‘tkazildi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida OAV vakillari hamda ijtimoiy tarmoq faollari ishtirokida “Ochiq muloqot” o‘tkazildi. Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–80-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Tadbirda boshqarma sho‘ba boshlig‘i Bobur Norbayev Farmon ijrosi doirasida aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan amaliy choralar haqida ma’lumot berdi.
Shu bilan birga, davlat organlari, mahalliy hokimiyatlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish yo‘nalishida ko‘rsatilayotgan metodik yordamlar mazmun-mohiyati tushuntirildi.
“Ochiq muloqot” ishtirokchilarda “Ochiq adliya” dasturiga muvofiq faoliyat haqida batafsil ma’lumot oilsh imkonini berdi.