Янгиликлар
13
“Yashil makon” amalda: Yangi hayotda 600 tup daraxt
Mamlakatimizda atrof-muhitni asrash, yashil hududlar maydonini kengaytirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan ham muhim tashabbuslar amalga oshirildi.
Jumladan, Yangi hayot mahallasi hududida joylashgan yer maydonida Guliston shahar adliya bo‘limi xodimlari ishtirokida 600 dona manzarali va buta daraxti ko‘chatlari ekildi.
Shuningdek, Guliston shahar adliya bo‘limi hududida ham obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom ettirildi. Idora atrofidagi bo‘sh maydonlar tartibga keltirilib, gul ko‘chatlari va manzarali daraxtlar ekildi.
Ta’kidlash joiz, “Yashil makon” umummilliy loyihasi nafaqat daraxt ekish, balki ekologik madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda tabiatga bo‘lgan mas’uliyat hissini kuchaytirishga xizmat qiladi.