Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Tadbirkorlikni boshlash jarayonlari yanada osonlashdi. 


Prezidentning 2025 yil 14 noyabrdagi PF–214-son Farmoni biznes ochishdagi ortiqcha byurokratiyani keskin qisqartirib, jarayonni yanada qulay qildi.

2026-yil 1-yanvardan tadbirkor ro‘yxatdan o‘tganda bir joyning o‘zida bir nechta xizmatni olishi mumkin — va bularning barchasi atigi 15 daqiqada amalga oshiriladi:

•  E-IMZO kalitini olish
•  Bank hisobvaraqlari ochish
•  ayrim faoliyat turlari bo‘yicha lisenziya, ruxsatnoma olishga ariza yoki xabarnoma yuborish;
•  Ko‘chmas mulk ijara shartnomasini rasmiylashtirish;
•  QQS to‘lovchisi guvohnomasini olish
•  onlayn nazorat-kassa mashinalarini onlayn ravishda xarid qilish va ularni soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish;
•  Rahbarni Yagona mehnat tizimida ro‘yxatga qo‘yish.

Bu islohot — tadbirkorlar uchun yanada qulaylik yaratadi. Eng asosiysi, vaqt va xarajatlar sezilarli kamayadi, ish boshlash esa osonlashadi.