Янгиликлар
15
Yuridik xizmatlar samaradorligi oshmoqda
2025-yilning yanvar–oktabr oylarida Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan yuridik xizmat ko‘rsatish markazlariga jami 402 619 ta hujjat loyihasi kelib tushgan bo‘lib, shundan 253 704 tasi shartnoma, 148 915 tasi buyruq loyihalarini tashkil etadi.
Ushbu raqamlar Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ochiqlandi. Tadbirda viloyatda yuridik xizmat ko‘rsatish sohasida olib borilayotgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.
Matbuot anjumani davomida OAV vakillari va ijtimoiy tarmoq faollari bilan ochiq muloqot tashkil etilib, yuridik xizmatlar sifatini oshirish, hujjatlarni tayyorlash jarayonini soddalashtirish, raqamlashtirish orqali ish samaradorligini yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirda Prezidentning PF-214-son Farmoni va “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.