Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Tibbiyot birlashmasida mehnat qonunchiligi buzilishlari bartaraf etildi


Boyovut tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqarolar murojaati yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasida mehnat qonunchiligi talablariga rioya etilishi holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida tibbiyot birlashmasida faoliyat yuritayotgan ayrim hamshiralar bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirishda qonun buzilish holatlariga yo'l qo'yilganligi o'z tasdig'ini topdi.

Xususan, hamshira O.Abduraxmonova bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga asosan unga xo‘jalik hisobidagi pullik xizmatlar bo‘limida navbatchilik qilishga shartnoma asosida kelishilgan bo‘lsa-da, mazkur holat belgilangan tartibda buyruq bilan rasmiylashtirilmagan hamda navbatchilik grafigiga xodimning ism-sharifi kiritilmagan.

Shuningdek, M.Boboeva bilan tuzilgan shartnoma asosida xo‘jalik hisobidagi terapiya bo‘limida navbatchilik qilishiga ruxsat berilganiga qaramay, ushbu holat ham ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtirilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq, mehnat shartnomasi imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi, ishga qabul qilish yoki mehnat shartlarini o‘zgartirish esa ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtirilishi shart. Mazkur buyruq xodimga ish boshlangan kundan e’tiboran uch kun ichida tanishtirilishi lozim.

Aniqlangan qonun buzilish holatlari yuzasidan Boyovut tuman adliya bo‘limi tomonidan Tuman tibbiyot birlashmasiga taqdimnoma kiritildi. Natijada adliya aralashuvi bilan ushbu qonun buzilish holati bartaraf qilindi hamda tuzilgan shartnomalar asosida zarur buyruqlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi ta'minlandi.



Otabek Xolmatov,

Boyovut tuman adliya bo'limi boshlig'i