Янгиликлар
16
Adliya bo‘limida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
Sardoba tuman adliya bo‘limida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Sardoba tuman 9-sonli musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari qatnashdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga adliya bo‘limining ish faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar, fuqarolarning huquq va majburiyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Xususan, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, Davlat xizmatlari markazi orqali taqdim etilayotgan qulay xizmatlar hamda FHDY organlari faoliyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.