Янгиликлар
05
HUQUQIY TARG'IBOT TADBIRI O'TKAZILDI
Sardoba tuman hokimligida “Huquqiy axborotni proaktiv shaklda yetkazish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazish, shuningdek, davlat tashkilotlarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda hokimlik mas’ullari, tashkilot rahbarlari va mahalla faollari ishtirok etdi.
Tadbirda adliya bo‘limi mas’ullari Farmonning mazmuni, huquqiy axborotni proaktiv tarzda yetkazish tizimining ahamiyati haqida atroflicha so‘z yuritdi.
Shuningdek, tadbirda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun, davlat xizmatchilari uchun odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati hamda “Homiylik to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar, xususan, homiylik xayriyalarini yig'ish hamda xayriya qutilarini o'rnatish va ulardan foydalanish tartiblari tushuntirildi.