Янгиликлар
05
Fuqarolarga qulaylik - sayyor xizmatlar orqali
Fuqarolarga qulaylik yaratish, ularning davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Sardoba tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan Ravot mahallasida sayyor davlat xizmatlari tashkil etildi.
Tadbir davomida markaz xodimlari fuqarolarning murojaatlarini joyida o‘rganib, ularning so‘rovlariga asosan zarur xizmatlarni tez va qulay tarzda ko‘rsatdilar.
Xususan, electron raqamli imzo kalitini olish, kadastr hujjatlarini olish, tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, pensiya va nafaqa tayinlash bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish kabi xizmatlar ko‘rsatildi.
Sayyor xizmatlar davomida 50 dan ortiq fuqaro o‘z murojaatlari bo‘yicha amaliy yordam oldi.