Янгиликлар
21
21- oktabr --- O'zbek tili bayrami
Hurmatli yurtdoshlar!
Sizlarni 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan, milliy g‘ururimiz va iftixorimiz timsoli bo‘lgan Davlat tili bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Davlat tili — milliy davlatchilik tayanchi, millatning iftixori va kelajak avlodlar uchun maʼnaviy rahnamodir. Shu bois, ona tilimizni ardoqlash, uning qonuniy maqomini mustahkamlash va har bir sohada munosib o‘rin egallashiga hissa qo‘shish har bir fuqaroning muqaddas burchidir.
Adliya tizimida ham davlat tilining to‘liq amal qilishini taʼminlash, rasmiy hujjatlarni ona tilimizda yuritish, sohaga oid adabiyot va ilmiy tadqiqotlarni o‘zbek tilida nashr etish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘lik, fayz-baraka tilayman. Ona tilimizning mavqeini yuksaltirish yo‘lidagi saʼy-harakatlarimiz bardavom bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Jahongir Zoxidov, Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshliği