Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Taʼlim muassasalarida “Sanʼat va ijod himoyasi oyligi” doirasida targʻibot tadbirlari amalga oshirilmoqda



Guliston shahar adliya boʻlimi tomonidan 18-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabda mualliflik va turdosh huquqlariga nisbatan hurmat xissini kuchaytirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbirda maktab oʻquvchilari va pedagog xodimlarga intellektual mulk huquqlari, xususan mualliflik va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari va ularning mazmun mohiyati haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi OʻRQ-1080-son Qonuni mazmun-mohiyati, xususan mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangiliklar haqida infografika, buklet va boshqa tarqatma materiallar tarqatildi.

Tadbir soʻngida oʻquvchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.