Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Nikoh shartnomasi: Oilaviy munosabatlarda huquqiy kafolat



Nikoh shartnomasi — bu er va xotin o‘rtasida tuziladigan, nikoh davrida yoki ajralish vaqtida ularning mol-mulki, daromadlari, qarz va moliyaviy majburiyatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatdir. Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi bilan belgilangan me’yorlar asosida tuziladi.

Ushbu shartnoma er-xotinning mulkiy manfaatlarini himoya qilishga, kelajakdagi kelishmovchiliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

Guliston shahar FHDY bo‘limi tomonidan fuqarolar o‘rtasida nikoh shartnomasining mazmuni, ahamiyatini tushuntirish maqsadida -targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Targ‘ibot tadbirlari davomida shartnomani qanday tuzish, uning yuridik kuchi, amal qilish muddati va shartlarini bekor qilish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berilib, targ‘ibot materiallari  tarqatilmoqda.