Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Yoshlar korrupsiyaga yo'q deydi!


Guliston davlat pedagogika institutida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tashabbusi bilan viloyat Adliya boshqarmasi hamda Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida "Yoshlar korrupsiyaga yo'q deydi!" shiori ostida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda qobiliyatli talaba-yoshlarning 20 dan ortiq ijodiy ishlari namoyish etildi.

Kоrrupsiyaviy huquqbuzarliklar, korrupsiyaning oldini оlish, korrupsiyaga qarshi kurashishning mexanizmlari har bir ijodiy ishda o'z ifodasini topdi.

Shu kuni institut talaba yoshlari ishtirokida davra suhbati ham tashkil etildi.

Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida mamlakatimizda qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan keng ma'lumotlar berildi.

Muloqotda korrupsiya davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur yetkazib, xalqimizning davlat idoralariga nisbatan ishonchini susaytadigan illat ekanligi ta'kidlanib, uning salbiy va huquqiy oqibatlari batafsil tushuntirildi hamda bu borada vakolatli organlar hamkorligini yanada kuchaytirish lozimligi qayd etildi.

Uchrashuv davomida oliy ta’limni korrupsiyasiz sohaga aylantirish borasida fikr-mulohazalar ham bildirildi.

Shuningdek, "Yoshlar korrupsiyaga yo'q deydi!" tanlovida mazmun va tasvir jihatdan eng yaxshi deb topilgan asarlar g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantirildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati