Янгиликлар
17
SARDOBADA "HUQUQSHUNOSLIK" FAN OLIMPIADASI O'TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan otaliqqa olingan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Huquqshunoslik” fan olimpiadasi o‘tkazish belgilandi.
Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining qo‘sha qaroriga asosan amalga oshirilmoqda.
Fan olimpiadasining Sardoba tuman bosqichi tashkil etildi. 11-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan bellashuvda 8-, 9-, 10- va 11-sinf o‘quvchilari ishtirok etdi. Ishtirokchilar huquqiy test, kazus (muammoli vaziyatlarga huquqiy yechim berish) va nazariy savollarga javob berish kabi yo‘nalishlarda bahs olib borishdi.
Eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar bilimdon o‘quvchi Adliya bo‘limining faxriy yorlig‘I bilan taqdirlandi, 1 nafar ishtirokchi viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.