Янгиликлар
17
Davlat tilimiz – g‘ururimiz, iftixorimiz
Bugun Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida O‘zbek tili bayrami hamda ona tilimizga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligiga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi D. Umurzoqova va Guliston davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi N. Toshtemirova ishtirok etib, davlat tilining huquqiy asoslari, uning taraqqiyot bosqichlari, bugungi kundagi dolzarb vazifalari xususida ishtirokchilarga atroflicha ma’lumotlar berdi.
Tadbirda harbiy xizmatchilar va “Jasorat” sinfi o‘quvchilari faol qatnashib, ona tiliga bo‘lgan hurmat, vatanparvarlik, milliy g‘urur kabi ezgu tuyg‘ularni yanada mustahkamlash borasida muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.