Янгиликлар
17
Til – millat ko‘zgusi
Bugun Sirdaryo viloyati avtomobil yo‘llari boshqarmasida “Til – millat ko‘zgusi” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi D.Umurzoqova hamda mustaqil tadqiqotchi N.Toshtemirova ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati haqida keng tushunchalar berishdi.
Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Bu til masalasiga davlat siyosati darajasida yondashilayotganidan dalolat beradi.
Tadbir davomida tilga bo‘lgan hurmat millatga hurmat ekani alohida qayd etildi. Ishtirokchilar ona tilimizning boy ifoda imkoniyatlari, uning ilmiy va amaliy faoliyatdagi o‘rni, jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida fikr almashishdi.