Янгиликлар
16
Guliston shahrida tug‘ilish holatlarini qayd etish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi
Guliston shahar adliya bo‘limi binosida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi, Guliston shahar FHDY bo‘limi hamda tuman va shahar tug‘ruqni qayd etish bo‘limlari hamkorligida seminar tashkil etildi.
Tadbirda tug‘ilish holatlarini qayd etish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, hujjatlarni rasmiylashtirishda yo‘l qo‘yilayotgan xatoliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan yuridik xizmatlar sifatini oshirish, mavjud kamchiliklarning oldini olish hamda tizim samaradorligini yanada kuchaytirish bo‘yicha aniq va amaliy takliflar ilgari surildi.