Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

OTALIQQA OLINGAN YOSHLAR G‘ALABA BOG'IDA


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasiga 62 nafar yosh biriktirilgan bo‘lib, ular bilan manzilli ishlash va doimiy muloqot yo‘lga qo‘yilgan.

Otaliqqa olingan yoshlardan 24 nafari viloyatda tashkil etilgan “Jasorat maktabi” loyihasiga jalb qilindi.

Yaqinda “Jasorat maktabi” ishtirokchilari uchun Toshkent shahriga sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida yoshlar tarixiy-ma’naviy ahamiyatga ega bo‘lgan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi, Ikkinchi Jahon urushi yodgorliklari, muzey ekspozitsiyalarida jamlangan tarixiy hujjatlar, harbiy texnika va qurol-aslaha namunalari bilan tanishtirildi.

Ayniqsa, O‘zbekiston xalqining jasorati va fidoyiligi haqida hikoya qiluvchi eksponatlar yoshlar qalbida katta taassurot qoldirdi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarning vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish, ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etish hamda dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi.