Янгиликлар
15
Yosh adliya xodimlari malaka oshirmoqda
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Yosh adliyachi” dasturi doirasida amaliy o‘quv-seminariga start berildi. Joriy yilning 15–16-oktabr kunlari o‘tkazilishi belgilangan mazkur tadbirda tuman va shahar adliya bo‘limlariga yaqinda ishga qabul qilingan yosh xodimlar ishtirok etmoqda.
Seminarning asosiy maqsadi yosh kadrlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularni amaliy faoliyatga tayyorlash, adliya tizimining barcha yo‘nalishlarida sifatli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlariga zamin yaratishdan iborat.
Tadbirni boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari B.Nazarov kirish so‘zi bilan ochib, yoshlarga tizimdagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatlarida muvaffaqiyat tilar ekan, bu kabi o‘quvlar yosh mutaxassislarning bilim va tajribasini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Dastur davomida adliya organlarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari yuzasidan nazariy mashg‘ulotlar, psixologik trening va interaktiv o‘yinlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.