Янгиликлар
15
Huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Guliston shahar adliya boʻlimi tomonidan 4-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabda “Sanʼat va ijod himoyasi oyligi” doirasida targʻibot tadbiri tashkil qilindi.
Tadbir doirasida intellektual mulk huquqlari, xususan mualliflik va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari va ularning mazmun mohiyati haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi OʻRQ-1080-son Qonuni mazmun-mohiyati, xususan mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangiliklar haqida infografika, buklet va boshqa tarqatma materiallar tarqatildi.
Tadbir soʻngida oʻquvchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.