Янгиликлар
14
GULISTONLIK YOSHLARNING HUQUQIY BILIMLARI OSHIRILDI
Bugungi kunda xorijda ishlash, o‘qish yoki yashash istagidagi fuqarolar soni ortib bormoqda. Shu bois, mehnat migratsiyasi va xorijga chiqish bilan bog‘liq huquqiy masalalar bo‘yicha aholining xabardorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda, Guliston shahridagi 3-sonli umumta’lim maktabida “Men Vatanimning yuziman” huquqiy aksiyasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida Guliston shahar YXKM xodimlari tomonidan xorijda ishlash, o‘qish va yashash tartib-qoidalari, mehnat migratsiyasiga oid qonunchilik talablarining mohiyati tushuntirildi.
Ta’kidlanganidek, xorijga chiqish istagidagi fuqarolarning ko‘pchiligi zarur huquqiy bilimga ega emas. Bu esa ularni firibgarlik qurboni bo‘lish yoki xorijda huquqsiz qolish holatlariga duch qiladi.
Tadbirda chet elga ishga ketmoqchi bo'lganlar bilishi lozim bo‘lgan muhim qoidalar haqida to‘xtalib o‘tildi.
Yakunda ishtirokchilarga flayerlar tarqatildi.