Янгиликлар
14
XOVOSLIK YOSHLARNING HUQUQIY BILIMLARI OSHIRILDI
Xovos tuman adliya bo‘limi tomonidan 14-musiqa va san’at maktabida “Intellektual mulk tushunchasi va uning himoyasi” mavzusida seminar tashkil etildi.
Tadbirda intellektual mulkning mohiyati, mualliflik huquqi, patent, tovar belgilari, sanoat namunalari va boshqa shakllari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ushbu huquqlarning qanday hujjatlar bilan tasdiqlanishi, ularni qanday holatlarda himoya qilish mumkinligi batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, tadbir davomida “Men Vatanimning yuziman” aksiyasi doirasida mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq qonunchilik talablari, xorijiy mamlakatlarda yashash va ishlash tartibi, viza rasmiylashtirish jarayonlari, shuningdek, chet el fuqaroligini qabul qilish bilan bog‘liq huquqiy oqibatlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.