Янгиликлар
14
Xorijda ham millat yuzi bo‘lib qolaylik!
Chet elda yurish faqat imkoniyat emas, balki katta mas’uliyat hamdir. Ayniqsa, o‘zga yurt qonun-qoidalarini bilmaslik ko‘plab noxush holatlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Shu ma’noda, Adliya vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Xorijda ham millat yuzi bo‘lib qolaylik” aksiyasi dolzarb tadbir sifatida e’tiborga loyiqdir. Chunki bu tashabbus orqali fuqarolarning huquqiy savodxonligi oshirilmoqda, ularga xorijda o‘zini qanday tutishi, qanday huquqlarga ega ekani va qanday cheklovlar borligi haqida aniq va ishonchli ma’lumotlar berilmoqda.
Shirin shahar adliya bo'limida o‘tkazilgan tadbirda ham fuqarolarga xorijda yashash, ishlash, ta’lim olish bilan bog‘liq muhim ma’lumotlar,mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq qonunchilik talablari, xorijiy mamlakatlarda yashash va ishlash tartibi, viza rasmiylashtirish jarayonlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.