Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

“Oydin” mahallasida tadbirkorlar uchun huquqiy targ‘ibot o‘tkazildi


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “San’at va ijod himoyasi oyligi” doirasida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ijodkorlarning mualliflik huquqlari va intellektual mulk sohasidagi qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Mirzaobod tumanidagi “Oydin” mahallasida o‘tkazildi va unda tadbirkorlar qamrab olindi.  

Uchrashuvda intellektual mulk huquqlarini himoya qilishga doir masalalar tushuntirildi hamda tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, qonunchilikda belgilangan imtiyoz va imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 1080-sonli Qonun mazmun-mohiyati tushuntirilib, targ‘ibot materiallari tarqatildi.