Янгиликлар
10
Qonunchilikdagi o‘zgarishlar targ‘ib qilindi
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan “Homiylik to‘g‘risida”gi Qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Ushbu o‘zgarishlar homiylik xayriyalari yig‘ishning aniq tartibi belgilandi.
Shuningdek, O'RQ–1080-son Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga intellektual mulk obyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish jarayoni soddalashtirilishini nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
Mazkur qonunlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish maqsadida Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan “San’at va ijod himoyasi oyligi” doirasida “Nurafshon” va “Yangi hayot” mahallalarida tadbir o‘tkazildi.
Yakunda fuqarolarga qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida qatnashchilarga targ‘ibot materiallari tarqatildi.