Янгиликлар
10
Milliy libos hammaga yarashadi
Milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, uni kundalik hayotimizda keng targ‘ib qilish maqsadiga qaratilgan “Milliy liboslar kuni” tadbiri adliya organlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar uchun ham o‘zgacha ahamiyat kasb etadi.
Bugun Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi, tuman (shahar) adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari markazlari, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari hamda Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarida ishlovchi xodimlar ham bu tashabbusda faol bo‘lib milliy liboslarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatishmoqda.
Darhaqiqat, milliy libos boy tariximiz, madaniyatimiz, o‘zligimizning yorqin timsoli. “Milliy liboslar kuni” chellenji doirasida xalqimizga milliy qadriyatlarni sevish va faxrlanish zarurligi yana bir bor eslatiladi.
Shubhasiz, milliy libos hammaga yarashadi. Zero, unda xalqimizning boy tarixi, or-nomusi, urf-odati, iftixori mujassam.