Янгиликлар
09
Xorijda millat yuzini saqlash – har bir fuqaroning burchi
"Men Vatanimning yuziman" aksiyasi doirasida Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan “Ulug‘obod” mahallasida navbatdagi tadbir o‘tkazildi. Unda mahalla aholisi, ayniqsa chet elda ishlash niyatida bo‘lgan fuqarolar faol ishtirok etdi.
Tadbir davomida xorijiy davlatlarga chiqish, u yerda qonun-qoidalarga rioya qilish, shuningdek, xorijda o‘zini tutish madaniyati va milliy shaʼnni saqlash borasida zaruriy tavsiyalar berildi. Fuqarolarga jinoyatchilik, terrorizm, odam savdosi kabi transmilliy xavf-xatarlar haqida huquqiy tushunchalar berilib, ularning oldini olish yo‘llari tushuntirildi.
Shuningdek, xorijda ishlayotgan yoki ishlash niyatida bo‘lgan fuqarolarning huquqiy bilim darajasini oshirish, ularni qonuniy va xavfsiz migratsiyaga yo‘naltirish, Vatan shaʼniga dog‘ tushirmasdan munosib faoliyat yuritish zarurligi ta’kidlandi.