Янгиликлар
09
IJODINGIZ HIMOYASIZ EMAS
Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan “San’at va ijod himoyasi oyligi” doirasida ijodkorlik faoliyatini huquqiy himoya qilishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shukrona mahallasida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri davomida ishtirokchilarga “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati tushuntirildi.
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 1080-sonli Qonunga ko‘ra, sanoat mulki ob’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayoni soddalashtirildi. Seminarda mazkur qonun mohiyatiga ham to'xtalib o'tildi.
Shuningdek, sayyor qabul o‘tkazilib, aholining murojaatlari qabul qilindi.