Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Musiqa va san’at himoyasi: Ijodkorlik taraqqiyotining huquqiy asosi


Yangiyer shahar adliya bo'limi tomonidan tuman Musiqa va san'at maktabida ijodiy soha vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi ijodkorlarning mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini amalda himoya qilishga oid tushuncha va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati, ijodiy asarlar, musiqa kompozitsiyalari, sahna chiqishlari va badiiy ijrolarni qonuniy himoya qilish tartiblari batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, ijodiy asarlarni rasman himoya qilish uchun intellektual mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.