Янгиликлар
08
25 YILLIK SHAR'IY NIKOH QONUNIYLASHTIRILDI
Guliston shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolar M.Mirzaev va N.Jo‘raeva bundan 25 yil avval sha’riy nikoh asosida oila qurgan bo‘lib, shu kungacha o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va totuvlikda ikki nafar farzandni voyaga yetkazib yashab kelmoqda.
Ammo ularning nikohi shu vaqtgacha rasmiy ravishda FHDY bo‘limida qayd etilmagan edi.
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida Guliston shahar FHDY bo‘limi tomonidan olib borilgan o'rganishlar va mas’ul xodimlarning amaliy yordami bilan oilaning 25 yillik sharʼiy nikohi qonuniy qayd etildi.
- Aholi orasida sha’riy nikohni yetarli deb hisoblovchi oilalar hali-hanuz uchrab turibdi. Ammo bizning vazifamiz ularga tushuntirish, huquqiy ongini oshirish va zarur amaliy yordam ko‘rsatishdir, - deydi Guliston shahar FHDY bo‘limi mudirasi Nargiza Normatova. Aksiya doirasida bugungi kunda 53 ta oilaning shar’iy nikohi qonuniy qayd etib berildi.