Янгиликлар
07
Guliston shahrida xotin-qizlar faollari uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi
Seminarda xotin-qizlar faollariga ularning huquq va majburiyatlari, mahallalarda ayollar bilan ishlashning samarali usullari, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tartibi haqida bilim va ko‘nikmalar berildi.
Shuningdek, mashg‘ulotlarda oila va nikoh munosabatlariga oid masalalar alohida e’tiborga olindi. Ishtirokchilarga Oila kodeksi normalari, nikohdan o‘tish, ajrim holatlarining oldini olish bo‘yicha tushunchalar berildi. Shuningdek, oilaviy nizolarni bartaraf etish, nikoh mustahkamligini ta’minlash, yoshlar orasida sog‘lom oilaviy qadriyatlarni targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi G. Rasulova ishtirok etib, qonunchilikdagi dolzarb o‘zgarishlar, oilaviy huquqiy munosabatlarga oid me’yorlar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar hamda ishtirokchilarning savollariga batafsil javob berdi.