Янгиликлар
07
Ibratlida fuqarolarniig muammolari o‘rganildi
Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ularni qonuniy manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda Ibratli mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uyma-uy yurish orqali muloqot qilindi.
Uchrashuvlar davomida aholining huquqiy muammolari, ularni qiynayotgan dolzarb masalalar o‘rganildi hamda tegishli huquqiy maslahatlar berildi.
Fuqarolar asosan yerga bo‘lgan mulk huquqini rasmiylashtirish, meros masalalari, ish bilan ta’minlanish, pensiya va ijtimoiy nafaqalar, shuningdek, sud-tergov jarayonlariga oid masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qilishdi. Jarayonda huquqiy muammolar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, ayrim masalalar joyida hal etildi.
Shuningdek, tadbir doirasida fuqarolarga qonunchilikdagi yangiliklar bo‘yicha tarqatma materiallar ham yetkazildi.