Янгиликлар
07
Yoshlar oilaviy hayotga tayyorlanmoqda
Guliston tumanida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 820-sonli “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi doirasida “Yoshlarni hayotga tayyorlash” markazida navbatdagi o‘quv kursi tashkil etildi.
Mazkur tadbir “Oila - men uchun muqaddas dargoh” mavzusida o‘tkazilib, unda nikohlanuvchi yoshlar ishtirok etdilar. O‘quv mashg‘ulotlari davomida FHDY mas’ullari tomonidan yoshlarga oilada er va xotinning vazifalari, huquqlari hamda majburiyatlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.