Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

San’at va ijod himoyasi – intellektual taraqqiyot kafolati


“San’at va ijod himoyasi oyligi” doirasida Oqoltin tuman adliya bo‘limi tomonidan bozorlarda va savdo majmualarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirokida tadbir tashkil qilindi.

Tadbir davomida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1080-sonli Qonuni mazmun-mohiyati tushuntirilib, ushbu qonun bilan intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralari kuchaytirilgani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, mualliflik huquqi, savdo belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini qonuniy himoya qilish tartiblari haqida atroflicha tushunchalar berildi hamda qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar haqida buklet va flayerlar tarqatildi.

Ushbu tadbir tadbirkorlar orasida intellektual mulk madaniyatini shakllantirish va qonunchilikka rioya qilishni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.