Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

“O‘zimiz keldik” – xizmatlar endi fuqarolarning eshigigacha yetib bormoqda


Mirzaobod tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan aholiga qulaylik yaratish hamda aholining ortiqcha ovoragarchiligiga barham berish maqsadida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatish amaliyoti davom ettirilmoqda.

Navbatdagi tadbir “Navbahor” mahallasida tashkil etildi. Markaz xodimlari tomonidan mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, davlat xizmatlari turlari, ulardan foydalanish tartibi, mobil xizmatlarning afzalliklari haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida 30 nafar fuqaro turli davlat xizmatlaridan foydalandilar. Bu esa ularning nafaqat vaqti, balki mablag‘larini ham tejash imkonini berdi.

-Fuqarolar uzoqqa bormasdan, o‘z mahallasida kerakli xizmatlardan foydalanishdi. Ko‘pchilik sayyor xizmatlarimizdan mamnun. Ayniqsa, yoshi katta fuqarolar uchun bu juda qulay bo‘ldi, - deydi Mirzaobod tuman DXM markazi xodimi S.Usmonov.