Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

"San’at va ijod himoyasi oyligi"


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan “San’at va ijod himoyasi oyligi” tadbirlari doirasida Sardoba tumani adliya bo‘limi xodimlari tumandagi bozorlar va savdo majmualarida tadbirkorlarga oylik doirasida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1080-son Qonuni bilan intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralari kuchaytirilganligi haqida tushuntirishlar berildi.????‍⚖️

Shuningdek:
▪️ “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun asosida – xaridorlarning huquqlarini ta’minlash, mahsulot sifati va xavfsizligini kafolatlash;
▪️ “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun asosida – soxta mahsulotlarni realizatsiya qilishning huquqiy oqibatlari va adolatli raqobat tamoyillariga rioya etish;
▪️ Intellektual mulk obyektlarini qonuniy himoya qilish tartiblari atroflicha tushuntirildi.