Янгиликлар
02
Mirzaobod tumani Anorchiligi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishning istiqbollari o‘rganildi
Geografik ko‘rsatkich deganda mahsulotning muayyan geografik ob’yekt hududidan kelib chiqqan, shu hududga xos mahsulot ekanligini identifikatsiyalovchi belgi tushuniladi.
Mirzaobod tumani o‘zining anorlari bilan mamlakatimizda tanilib qolgan. Anor yetishtirilganda to‘liq urug‘li, sersuv va o‘ziga hos ta’mi bilan iste’molchilarni o‘ziga jalb qilib keladi.
Sho‘rsiz suv va maxsus agrotexnika usullari bilan tayyorlangan, boshqa hududlarda yetishtirilgan anorlarga nisbatan rangi, ta’mi bilan farqlanib keladigan ushbu Mirzaobod anorlarini geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishning istiqbollari o‘rganildi.
Mirzaobod anorlarining geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilsa ushbu mahsulotning noyobligini qonun bilan himoya qilinadi, sifat va qadriyatni kafolatlanadi, Mirzaobod anori nomidan ichki va tashqi bozorga kirib kelayotgan kontrafakt mahsulotlardan muhofaza qilinadi, mahsulotning xalqaro bozorga chiqishda katta imtiyoz yaratiladi.
Tumanning Dehqonobod mahallasining iqlimi, tuproq unumdorligi, o‘ziga hos tabiati sabab bu yerda yetishlitirlgan anorlar ichki bozorda va xatto Rossiya, Koreya va yearopa davlatlariga muntazam ravishda eksport qilib kelinadi.
Dehqonobod mahallasining aksariyat aholisi anorchilik bilan shug‘illanib keladi.
Xususan, Abdumavlon Kenjayev Tomorqasida 300ga yaqin tup anordan o‘rta hisobda bir yilda 8-10 tonna xosil oladi. Uning 33 sotix yer maydonida bir yida oladigan daromadi o‘rtacha 65-70 mln sumni tashkil qiladi.
Dehqonobod mahallasida yashovchi Gelchexra opa Usmonova ham 14 sotix yer maydonida 130 ga yaqin tup anor ekgan. Anorchilik sohasida 3.5 tonnaga yaqin xosil yig‘ib olib, yiliga 40-45 mln sum davromad ko‘rib keladi. Shu kabi, mahallada yashovchi Orzumurod Buvrabiyev, Abdumavlon Umarov, Alisher Xolboyevlar kabi bir qancha aholi xonadonlari ham o‘z tomorqalariga anor yetishtirib ichki bozorga va xatto chet davlatlariga eksport qilib, tuman iqtisodiyotiga xissa qo‘shib kelishmoqda.