Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

"OCHIQ ESHIKLAR KUNI" O'TKAZILDI


Boyovut tuman adliya bo'limida “Ochiq eshiklar kuni” o'tkazildi.

Unda o'quvchi-yoshlar adliya bo'limi, yuridik xizmat ko'rsatish va davlat txizmatlari markazlari, FHDY organi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Shuningdek, ularga huquqshunoslik kasbi, sohaning o‘ziga xos jihatlari, nufuzi, yuridik ta’lim va kadrlar tayyorlash, adliya organlariga ishga qabul qilish tartiblari, davlat xizmatlari turlari va ulardan foydalanish haqida amaliy tushunchalar berildi.

Tadbir davomida yoshlarni "San'at va ijod himoyasi oyligi" tashkil qilinganligi munosabati bilan "Mualliflik va turdosh huquqlar to'g'risida" gi qonunning  mazmun mohiyati va unga rioya qilish haqida tushuntirishlar berildi.

Ish jarayonining borishini bevosita kuzatgan yoshlar adliya organlari faoliyati hamda tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘ldilar.