Янгиликлар
04
Mahkumlar bilan davra suhbati tashkil etildi
Guliston tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Uchinchi mintaqaviy hududga qarashli 40-son manzil koloniyasida mahkumlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir davomida qonunchilikdagi yangiliklar, ularning huquq va majburiyatlari, shuningdek, ozodlikdan keyingi hayotga moslashish, mehnatga jalb etish va ijtimoiy reabilitatsiya masalalari yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.
Tadbir yakunida mahkumlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va ularga adliya xodimlari tomonidan atroflicha javoblar berildi.