Янгиликлар
04
Yoshlar oilaviy hayotga tayyorlanmoqda
Guliston shahrida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” markazida yoshlar uchun navbatdagi o‘quv kursi tashkil etildi.
Tadbirda Guliston shahar FHDYO bo‘limi mudirasi N.Normatova tomonidan nikoh tuzish arafasida bo‘lgan yoshlarga oilaviy munosabatlarda ma’naviy yetuklik, o‘zaro hurmat va mas’uliyat, moliyaviy savodxonlik hamda nikohning qonuniy asoslari haqida batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, mashg‘ulot davomida nikoh shartnomasini tuzishning ahamiyati va uning afzalliklari, oilaviy-huquqiy munosabatlar yuzasidan alohida to‘xtalib o‘tildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.